Talabalar teatrda

Date:

To‘maris mard va jasur ayol timsoli. Uning jasorati tillarga doston bo‘lib, asrlardan-asrlarga, tillardan-tillarga o‘tib, ayol matonatini namoyon etib, qalbimizga faxru iftixor tuyg‘ularini mavjlantirib keladi. To‘maris siyrati-yu fitratini bugun ham ana shunday gavdalantirish maqsadida san’atimiz ustalari bor mahorat va bilimlarini ishga solib, tarixni jonlantirishayotgani esa tomoshabin ma’naviy saviyasini oshiradi.


Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi To‘maris spektaklini tomoshabinlar hukmiga havola etishdi. Spektakl tomoshabinlar tomonidan ijobiy kutib olindi va ular o‘z taassurotlarini keng ommaga ma’lum qilib, barchaning qiziqishini oshirishga xizmat qilayotir.
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari universitet homiyligi asosida teatrda bo‘lishdi va To‘maris spektaklini tomosha qilib, bir olam taassurotlar olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun