“Tashabbusli budjet” mablag‘lari hisobi prokuratura nazoratida

Date:

“Tashabbusli budjet” loyihasi ko‘plab muammolarga munosib yechim bo‘ldi. Buning uchun shunchaki, loyiha taqdim etiladi, eng ko‘p ovoz to‘plaganlari esa g‘olib deb topiladi. Qarabsizki, loyihani amalga oshirish uchun so‘ralgan mablag‘ ajratiladi. Surxondaryo viloyatida ham “Tashabbusli budjet” sabab maktab va bog‘chalar, sport maydonlari, kutubxonalar, mahalla infratuzilmasi va yo‘llar qurilishi bitkazilib, aholi foydalinishi uchun topshirilgan.
Albatta, mablag‘ to‘g‘ri yo‘nalar ekan, hech muammo yechim topmay qolmaydi. Bandixon tumanining “Paxtakor” mahallasidagi 3 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlash loyihasi ham g‘olib bo‘lib, ayni paytda amaliy harakatlar boshlab yuborilgan.
Tuman prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, “Tashabbusli budjet” mablag‘lari to‘g‘ri yo‘naltirilgani nazoratga olindi. Ko‘zdan kechirish jarayonida loyihani o‘z vaqtida sifatli topshirilishi bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq hamda vazifalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun