Tug‘ma karlikni davosi bor

Date:

Bolaning tug‘ma karligini bilish ota-onaga katta ruhiy zarba bo‘ladi. Bolachi? Uning hayoti davomidagi anglaganlari, hammadek emasligi, nuqsoni tushkunlikka tushirib qo‘yishi, jamiyatdan o‘zini uzib qo‘yishiga sabab bo‘lishi ham hech gap emas. Ammo, muammo bu bilan yechim topmaydi. U ham boshqalarni tushuna olishi va o‘z istaklarini tushuntira olishi kerak. Buning uchun o‘rganish lozim. Holbuki, endilikda tug‘ma karlik nuqsoni bilan dunyoga kelgan bola so‘z va tovushlarni hech qanday eshitish moslamalarisiz tinglab, talaffuz qila olish imkoni bor. 5 nafar bolada o‘tkazilgan tajribalar eshitishdan mosuvo insonlarga ana shunday imkonni bera oladi. Bu olamshumul voqelik genetika muhandisligining irsiy kasalliklar ustidan g‘alabasi, deb baholanmoqda.
Mazkur noyob muolaja usuli mualliflari — AQShning Garvard tibbiyot maktabi va Xitoyning Fudan universiteti olimlari. Ushbu inqilobiy natijaga shanxaylik tadqiqotchilar tomonidan yaratilgan RRG-003 gen preparati tufayli erishilgan. Klinik sinovlar maktabgacha ta’lim yoshidagi 6 nafar tug‘ma karlik nuqsoni bor bolada o‘tkazildi. Buning uchun yangi preparat quloqqa inyeksiya orqali yuborildi. Ma’lum muddat o‘tgach, olti bemordan besh nafarida eshitish hamda nutq funksiyalari tiklandi.
Olimlar olti oydan ko‘proq vaqt davomida barcha bolalar ahvoli va salomatligini kuzatib borishdi. Ijobiy xulosaga kelingach, tadqiqot natijalari keng jamoatchilikka ma’lum qilindi. Ularning qayd etishicha, yaratilgan dori quloqqa kiritilishi bilanoq eshitish qobiliyati bir zumda tiklanib qolmaydi. Muolajaaning yaqqol natijalari inyeksiyadan to‘rt hafta o‘tib sezila boshlaydi. Avval jonivorlar, so‘ng insonlarda o‘tkazilgan sinovlar muvaffaqiyatli kechganiga qaramay, mutaxassislar yangi davolash usulini dunyo bo‘ylab ommaviy qo‘llash uchun hali biroz erta, degan xulosada. Chunki gen terapiyasining xavfsizligi va samaradorligiga to‘liq ishonch hosil qilish uchun yana ayrim qo‘shimcha tadqiqot hamda kuzatuvlarga ehtiyoj bor. Shu bois u dastlabki bosqichda bir necha mamlakatdagina tibbiy amaliyotga tatbiq etilishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

50 nafar ish o‘rni yaratildi

Angor tumanida bugun quvonchli voqea — “Oqsaroy” tantanalar saroyining...

Yagona jildda jam

YUNESCOning Samarqanddagi 43-sessiyasi doirasida “Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi”...

“103” xizmatida “Onlayn-shifokor”

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab tez tibbiy yordam tizimi yangi bosqichga...

Raqiblarin ortda qoldirib…

Surxondaryoning faxri, Termiz tumani vakili Mirzabek Elmurodov sportning shaxmat...
KunTun
KunTun