Qum bo‘ronini kamaytirish maqsadida

Date:

Saksovulzorlar barpo etish orqali ko‘chma qumlar mustahkamlanadi, cho‘llanish jarayoni sekinlashadi, uning ta’sirida yer ustki qismida shamolning tezligi kamayadi, chang to‘zonlari bo‘lib, havoga tuz va qum zarrachalarini ko‘tarilishi to‘xtaydi. 7 yoshli saksovulzorda shamol tezligi butunlay to‘xtaydi. Bir tup saksovul o‘simligi to‘rt tonna ko‘chuvchi qumni to‘xtata oladi. 1 gektar saksovulzor yil davomida 1135 kilogramm karbonat angidrid gazini yutib, 835 kilogramm kislorod ajratadi. Bu esa havo tarkibini yaxshilaydi, atrof-muhitni ifloslanishiga chek qo‘yadi.
Mana shunday qimmatli tajriba Surxondaryo viloyatida cho‘l-dasht zonalarida qo‘llanilsa bormi, vohani changu g‘ubordan xalos qilgan, odamlar organizmini chang bilan zaharlashdan asragan bo‘lardik. Yaxshiyamki, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tashabbusi bilan viloyatning cho‘l hududlarida xususan, Termiz tumani “Katta qum” massivida saksavul urug‘ini ekish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda.

Oldingi sahifaIjodiy kechada
Keyingi sahifaTug‘ma karlikni davosi bor

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Elobod”da 100 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida xitoylik investorlar tomonidan 5 million...

Kitobga oshno yoshlar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Bojxona boshqarmasida yosh...

Kitobxon oila — ma’naviyatli jamiyat poydevori

Qumqo‘rg‘on tumani Axborot-kutubxona markazida “Biz — kitobxon oilamiz!” tanlovining...

Iqtidorlar kashf etildi

Surxondaryoda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jajji nurli...
KunTun
KunTun