Kitobxonlik targʻib etildi

Date:

Eng yaxshi tag‘ibot kitob mutolaasi uchun qilingan targ‘ibotdir. Buning foydasini faqat va faqat kitob o‘qishga mehri tushgan yoshlargina biladi. Ana shunday kitobxonlar safini kengaytirish maqsadida Termiz davlat universitetida “Bir haftada bir kitob” tanlovi oʻtkazildi.
Kitob o‘qishni o‘ziga sevimli mashg‘ulot deb bilgan yoshlar ishtirok etgan tanlovda berilgan shartlar qiziqarli, fikr va munozaralarga chorlashi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Ishtirokchilar jami 100 ballik tizimda baholanadi.
1-shartda 25 ta test sinovlaridan bilimlari sinovdan o‘tgan ishtirokchilar 2-shartda asardan epizod, monolog yoki sahna koʻrinishi namoyish etdilar. Eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar kitobxon talaba pul mukofoti hamda diplom bilan taqdirlandi. Birinchi o‘rin xorijiy filologiya fakulteti talabasi Shahlo Omonovaga nasib etdi.
Tanlovga tomoshabin sifatida taklif etilgan yosh borki, ishtirokchilarning chiqishlari, fikr va mulohazalarini ko‘rib, kitob o‘qishni, o‘zlari uchun yangi qadamni tashlashni maqsad qilgan bo‘lsalar, ajab emas.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun