O‘qituvchi huquqlari davlat himoyasida

Date:

Paxta terimiga ham, jamoat ishlariga ham o‘qituvchini jalb qiladigan zamonlar o‘tib ketdi. Sohaning jonkuyar zahmatkashlari faqat va faqat yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga e’tibor qaratishlari lozim qilib qo‘yildi. O‘qituvchi-pedagoglarning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lganini bilish, har bir pedagogni ruhlantiradi, ishiga mas’uliyatini oshirishga xizmat qilayotgani ham bor gap. Ayni jihatlarni o‘zida mustahkamlagan holda prezidentning «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi qonuni imzolandi.
Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyatini boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davrida murabbiylikni amalga oshirish uchun tajribali pedagog biriktiriladigan bo‘ldi.
Qonunga ko‘ra, jumladan, pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish, pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa ma’lumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi ta’minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish taqiqlanadi. Pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish ham mumkin emas.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Erta aralashuv” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Denov tumanida 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan...

Ikki oilaga yangi xonadon, mahallaga yangi maskan

Mustaqillik bayrami arafasida Denov tumanining Chuqurqishloq mahallasida aholi uchun...

“Obodon”ning qiyofasi oʻzgardi

Bir paytlar infratuzilmasi og‘ir toifadagi mahallalar qatorida bo‘lgan hududlarda...

“Oftobmakon”da katta yangilanish

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Oftobmakon” mahallasida yillar...
KunTun
KunTun