Tog‘li hududda Harbiy vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi

Date:

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tuman hokimligi hamda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qoʻmondonligi hamkorligida yoshlarning yurtga sadoqat tuygʻusini mustahkamlash hamda ular orasida harbiylik kasbiga bo‘lgan qizishni oshirish maqsadida vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.
Tadbir tuman markazida harbiy orkestr jamoasining chiqishlari hamda harbiy xizmatchilarni saf yurishi bilan boshlandi. Festivalning tantanali ochilish marosimida Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlar yosh avlodning harbiy sohaga qiziqish va intilishini kuchaytirishga xizmat qilayotgani alohida taʼkidlandi.


Harbiy qismda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida tashkil etilgan tosh koʻtarish, arqon tortish kabi musobaqalar ham festivalga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining harbiy estafeta sport musobaqasi davomida esa yoshlar oʻzlarining nechogʻlik chaqqon va mergan ekanliklarini amalda namoyon etdilar.
Tadbir yakunida Sariosiyo tumanida joylashgan umumta’lim maktab oʻquvchilariga “Vatan tayanchi” koʻkrak nishonlari va guvohnomalari topshirildi. Eng epchil va uddaburon yoshlar musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritib, faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Palyativ va xospis: yagona tizim joriy etiladi

O‘zbekistonda onkologik va gematologik kasalliklarni erta aniqlash, davolash samaradorligini...

Maxsus shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida 2026–2027-o‘quv yili...

“Milliy o‘yinlar” festivali o‘tkazildi

Boysun tumanida “Milliy o‘yinlar” festivali tashkil etildi. Tadbir milliy...

Toshkent–Termiz: masofa yanada yaqin

Koreya Respublikasida Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ vakillari...
KunTun
KunTun