“Jasorat maktabi” yopildimi?

Date:

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda armiya bilan birgalikda harbiy-maʼmuriy sektorlar ham oldingi qatorlarda boʻlishi va bu borada harbiy okruglar bilan hamkorlikda yosh vatanparvarlar yigʻinini izchil davom ettirish vazifasini belgilab berilgan edi.
Ushbu vazifa ijrosini ta‘minlash maqsadida Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Janubiy operativ qo‘mondonligi bilan “Termiz” umumqo‘shin dala paligonida joylashgan harbiy qismda surxondaryolik yoshlar uchun “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻini boshlangan edi.


Oʻn kun davom etgan yigʻinda 100 nafar yosh guruhlarga ajratilib, ularga 6 ta yo‘nalish boʻyicha kasb-hunar oʻrgatildi va bundan tashqari, oʻn kun davomida yoshlar jangovar, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik, IT-texnologiyalari va tadbirkorlik yoʻnalishi boʻyicha mashgʻulotlarga jalb qilingan boʻlsa, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida va harbiy xizmatchilar tomonidan turli sport musobaqalari tashkil etildi.


Ushbu mavsumning tantanali yopilish marosimida Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Davronbek Abduraximov, Termiz harbiy porokuraturasi, Yoshlar ishlar ishlari agentligi, faxriylar, yig‘in ishtirokchilarining ota-onalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Marosimda turli sport musobaqlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan yoshlarga musobaqa tashkilotchilarining kubog, dimlom va qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hamma narsa pul bilan hal bo‘ladi…mi?

Tasavvur qiling: yangi maktab qurilishi uchun ajratilgan mablag‘ning bir...

Samarqandga safar: tarix, mehr va ilhom manzili

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ishchi va xodimlarni...

“Vatanparvar” bog‘ida unutilmas kun…

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining bo‘sh vaqtini mazmunli...

Takrorlardan xoli…mi?!

Xususiy notarial institutining rivojlanishi notarius faoliyatini samarali tashkil etish...
KunTun
KunTun