Hunardan rizq unar

Date:

Bugun xotin-qizlarning jamiyat hayotimizda o‘z o‘rni, o‘z mavqei bor. Ularning faolligi, tirishqoqligi nozik xilqat egalarining nimalarga qodir ekanini ko‘rsatib qo‘yayotgandek. Ayniqsa, yurtimizda hunar o‘rganib, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga keng imkoniyat va imtiyozlar yaratilayotgani ularni yanada ko‘proq mehnat qilishga undamoqda. Ozoda Pardayeva ham ana shunday imkoniyatlardan foydalanib, milliy hunarmandchilik bilan shug‘ullanib kelmoqda.
U “Qishloq qurilish” bankining Sho‘rchi tuman filiali tomonidan berilgan 8 million 400 ming so‘m hisobiga 5 ish o‘rni yaratib, barcha turdagi mahsulotlarni tayyorlab, mahalliy aholiga yetkazib bermoqda. Sumka, ko‘ylak, jelak bir-biridan ajoyib mahsulotlar zumda o‘z xaridorlarini topib, mo‘may daromad keltirmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz ko‘chalari ko‘kalamzorlashtirilmoqda

Termiz shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish va...

Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun qo‘shimcha tovon undiriladi

O‘zbekiston Respublikasida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida inson hayoti...

Bo‘yrachida 3,5 kilometr yo‘l asfaltlanmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining Qarsoqli mahallasiga qarashli Bo‘yrachi qishlog‘ida “Tashabbusli byudjet”...

Zarur koʻmak koʻrsatilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Qumqo‘rg‘on tumanida kuzgi...
KunTun
KunTun