Yaponiya delegatsiyasi Surxondaryoda

Date:

Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyada bo‘lib, ko‘plab sohalarda manfaatli kelishuvlarga erishib qaytgan edi. Tashrif davomida mezbonlar ham yurtimizga taklif qilinganidan ham xabardormiz. Kuni kecha delegatsiyamizning Yaponiyaga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda vohamizning investitsion salohiyati bilan tanishish maqsadida Yaponiya delegatsiyasi ham Surxondaryoga tashrif buyurdi.


Yaponiya konsulligi, savdo, turizm va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat yurituvchi kompaniyalar vakillari hamda investorlardan iborat delegatsiya munosib kutib olingach, Termiz tumanidagi “Termez National Carpets” MChJning gilam mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasida bo‘lishdi. So‘ng, “Fayoztepa” va “Qoratepa” yodgorliklariga ekskursiya tashkil etilib, davlatlarimiz tarixini bog‘lab turuvchi jihatlar haqida qimmatli ma’lumotlar berildi.


Keyingi manzilda mehmonlar “Mashhura” tibbiy diagnostika markazi, “Termiz xalqaro savdo markazi”, “Dream Silk Tekstil” MChJning jundan to‘qilgan gilamlar ishlab chiqarish korxonasi hamda Termiz arxeologiya muzeyida bo‘lishdi.
Qishloq xo‘jaligi sohasida erishilgan kelishuvlarning birinchi qadami tashlandi. Ya’ni vohamizda 5 ming gektar maydonda kivi yetishtirish loyihasiga start berildi. Delegatsiya a’zolari tanlangan maydonga birinchi ko‘chatni ekib, ekin-tikin ishlarini boshlab berdilar.


Albatta, har qanday hamkorlik va tashrifdan ko‘zlangan maqsad bitta – tomonlar o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishib, ularni amalga oshirishlari maqsad qilinadi. Savdo-iqtisodiy aloqalar bilan birga turizm sohasiga ham e’tibor qaratish, ikki davlatni yanada yaxshiroq ko‘rish, bilish va tanishish maqsadida turizm imkoniyatlarini ham hisobga olish lozim. Yurtimizda esa bu borada e’tiborga molik ishlar amalga oshirilib, turistlar uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilayotir. Ishonch bilan ayta olamizki, bu yurtimzning turistik salohiyatini yetarlicha ko‘rsata oladi. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Faxriy konsul Xiroyuki Ito hamda savdo, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar, investorlar ishtirokida Surxondaryo-Yaponiya biznes forumi o‘tkazildi.


Forum doirasida o‘tkazilgan “B2B” va “B2G” uchrashuvlarida fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sanoat, savdo, turizm yo‘nalishlarida hamkorlik, ko‘mir, neft, tabiiy gaz, tuz, kaliy, gips, rangli metallar va boshqa tabiiy boyliklarni qazib olish, qayta ishlash kabi loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erilishib, shartnomalar imzolandi.
Forumdan so‘ng, Yaponiya delegatsiyasi sharafiga rasmiy qabul va madaniy tadbir tashkil etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

437 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi

Ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar...

500 million so‘mlik daromad kutilmoqda

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish...

Vaucherlar topshirildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini tiklash va...

Sayyor qabul: Muammolar joyida hal

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish...
KunTun
KunTun