“Yashirin iqtisodiyot”ga qarshi kurashamiz

Date:

Endigina ish boshlaydigan tadbirkorlarni ham, faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ishbilarmonlarning-da, tadbirkorligini rivojlantirish, yangidan-yangi g‘oya va loyihalarni amalga oshirish uchun shubhasizki, ma’lum miqdordagi mablag‘, sarmoya tikish talab etiladi. Davlatimizda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mablag‘ ajratilgan, ammo tijorat banklarida bu mablag‘ni to‘g‘ri yo‘naltirish tizimi yo‘lga qo‘yilmagani, tadbirkorlar yo‘liga g‘ov bo‘layotgani haqiqat. Ana shunday holatlarga chek qo‘yish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari, markaziy bank va tijorat banklari rahbarlari hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida kredit bazasini shakllantirishdagi mavjud muammolar yuzasidan muhokama yig‘ilishini o‘tkazdi.


Yig‘ilishda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, korxonalarni sog‘lomlashtirish, “yashirin iqtisodiyot”ga qarshi kurashish hamda tadbirkorlik uchun mablag‘ ajratish masalalari o‘rtaga tashlandi. Viloyat prokurori tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar, hududlarda aniqlangan holatlar tahlili o‘qib eshittirildi. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan sektorlar va tijorat banklari rahbarlarining axborotlari tinglandi.
Albatta, bu borada bank va mijozlar o‘rtasida yuzaga kelayotgan ishonchsizlik, kredit mablag‘larining o‘z vaqtida to‘lanmasligi ham tadbirkorlarning keyingi ishlarining paysalga solinishiga sabab bo‘layotir. Yig‘ilish davomida ayni jihatlarni inobatga olgan holda aholining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan kredit resurslarini oshirish maqsadida olingan yirik miqdordagi kreditlarning muddatida qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qimmatga tushgan “talab”

Surxondaryoda YPX xodimi xizmat vakolatidan foydalanib, paxta ortilgan yuk...

3 kilometr — iroda va qat’iyat sinovi

Bugun Termiz shahrida yoshlarni sportga keng jalb etish va...

O‘zbekiston terma jamoasi shtabiga yangi mutaxassislar qo‘shildi

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi...

“Ijodkor bolalar” aniqlandi

Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Ijodkor bolalar”...
KunTun
KunTun