Endi xorijda o‘qiydi…

Date:

Har bir talaba o‘qishini xorijning nufuzli OTMlaridan birida davom ettirishni orzu qiladi. O‘qigan, izlangan talabalar uchun esa yurtimizda ana shunday shart-sharoit va imkoniyatlar ham yaratilayotirki, bunday orzu va istaklar amalga oshmasdan qolmaydi. Qolaversa, kadrlarning xorijda tahsil olishi sohada yangilanish va rivojlanishga yuz tutishiga sabab bo‘ladi. Tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi xorijiy OTMlarda o‘qitilishi haqidagi qaror bu boradagi qadamlardan biridir.
Qarorga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan tibbiyot OTMlarining bitiruvchi kurs talabalarida oilaviy shifokor uchun talab etiladigan klinik ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida ko‘p tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan internatura tashkil etiladi. Toshkent tibbiyot akademiyasining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Bunda tibbiyot yo‘nalishidagi OTM talabalarining bilimlari ikki bosqichli baholash tizimi asosida baholanadi.
Har yili kamida 150 nafar mutaxassislarni davlat buyurtmasi asosida magistrlik yo‘nalishlari joriy etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...

Qo‘lyozma Vatanga qaytarildi

Buyuk mutafakkir Pahlavon Mahmudga tegishli noyob qo‘lyozmaning Vatanga qaytarilishi...
KunTun
KunTun