Qizamiqqa qarshi emlanish tavsiya etiladi

Date:

Emlanish kasallikka chalinishning oldini oluvchi eng yaxshi choradir. Afsuski, hamma ham emlanishning afzalliklarini bilmay, farzandlarini va o‘zini emlanishdan voz kechishadi. Bu to‘g‘ri qaror emas. Albatta, ana shunday fuqarolar o‘rtasida mutaxassislar kerakli tushuntirish, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari olib borishlari lozim. Sababi, birgina fuqaroning emlanmagani kasallik tashuvchi sifatida atrofdagilar sog‘ligiga ham xavf solishi hech gap emas.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi “ko‘hna qit’a” davlatlarini zudlik bilan qizamiqqa qarshi emlash kampaniyalarini o‘tkazishga chaqirdi. Bu shoshilinch tavsiyalar bejiz aynan shu kunlarda o‘rtaga chiqqani yo‘q. Chunki mintaqada o‘tgan yil davomida ushbu kasallikni yuqtirish holatlari 2022-yilga nisbatan 30 barobar ko‘p qayd etilgan.
Ekspertlar buni pandemiya davrida qizamiqqa qarshi vaksinatsiya qamrovi keskin pasaygani bilan izohlamoqda. Oqibatda 2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida bu kasallikka chalingan bemorlar soni 30 ming nafardan oshdi. Eslatib o‘tamiz, dunyo bo‘yicha 2022-yilda emlash qamrovi 2021-yilga nisbatan biroz oshgan bo‘lsa-da, ammo shunda ham 33 million bola qizamiqqa qarshi emlash dozalari bilan qamrab olinmadi. 22 million nafarga yaqin o‘g‘il-qiz bunday vaksinalarning birinchi dozasini, 11 million nafari ikkinchi dozasini qabul qilishdan chetda qolgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Eronlik ustozdan mahorat darslari

Termiz davlat universitetida xalqaro hamkorlik doirasida Eron Respublikasining Sheyda...

Shoxista yuksak cho‘qqida!

Ar-Riyod shahrida o‘tayotgan 6-Islom Birdamlik o‘yinlarida ilk bor Kurash...

Yapon mutaxassisidan master-klass

Jarqo‘rg‘on tumanida yaponlik mutaxassis Junna Kikuchi ishtirokida yosh sportchilar...

Tez tibbiy yordam — xizmat yanada faollashadi

Qumqo‘rg‘on tumanida “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida aholining taklifi bilan...
KunTun
KunTun