Soliq qarzini undirish inspeksiyasi tashkil etiladi

Date:

Ma’lumki, mol-mulk solig‘ini o‘z vaqtiga to‘lamaslik o‘zimiz uchun zarar keltirishini bilsak-da, to‘lovni amalga oshirishni kechiktirib, o‘zimizga ortiqcha xarajatni yuklaymiz. Qachonki, soliq inspektorlari tomonidan qo‘ng‘iroq qilishlari yoki bo‘lmasa, ogohlantirish xati orqali qarzdorlik borligini ma’lum qilishlariga odatlanib qolganmiz. Ana shunday o‘zbilamonlikka chek qo‘yish maqsadida soliq qo‘mitasi qoshida Soliq qarzini undirish inspektsiyasi tashkil etiladi.
Bu esa o‘z navbatida Soliq qo‘mitasidagi xodimlar qarzdorlardan qarzini so‘ndirish bilan cheklanib qolmay, o‘zlarining sohaga tegishli ishiga yengillik bo‘lib, vaqtlaridan unumli foydalanishga imkoniyat tug‘diradi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Jumladan, 40 mingta budjet tashkiloti bilan ishlash vazifasi tumandan Soliq qo‘mitasida yangi tashkil qilinadigan Budjet tashkilotlari inspeksiyasiga o‘tkaziladi. Ushbu Inspeksiya to‘liq raqamlashgan bo‘ladi va G‘aznachilik elektron tizimiga integratsiya qilinadi. Shu kabi soliq qarzdorligi bilan ishlash bo‘yicha ham qo‘mita qoshida Soliq qarzini undirish inspektsiyasi tashkil etiladi. Unga Majburiy ijro byurosida mavjud vakolatlar beriladi. Buning hisobiga, tumanlardagi qo‘shimcha 200 nafar soliqchini «mahallabay» ishlash tizimiga o‘tkazish imkoni bo‘ladi. Respublika soliq tushumining 50 foizini beradigan 80 ta eng yirik korxona va 35 ta tijorat banki bilan ishlaydigan alohida tizim bo‘ladi.

Dinara Qo‘zimurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun