Bugungi kunning “Kichkina shahzoda”lari

Date:

Antuan De Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asarida shunday bir gap bor: “Ertalab turib o‘z sayyorangni supurib-sidirib, yig‘ishtirib qo‘y”. Kichkina shahzoda tilidan aytilgan ko‘pchilikka tanish ushbu gaplarni bugun yuqori davlat tashkiloti mutasaddilari mahallalarda, fuqarolarning xonadonlarida bo‘lib aytishayotganiga nima deysiz?
Qiziriq tumani “Bog‘iston” mahallasida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” davlat dasturi asosida Respublika ishchi guruhi, Oila va xotin-qizlar Qo‘mitasidan vakil Nigora Toshqulova, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘ining Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari G.Umbarova hamda tumandan biriktirilgan mas’ullar bilan birgalikda o‘zlariga biriktirilgan ko‘chalarda xonadonlarda tozalik gigiyenasi va mahallada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borilmoqda. Masqad esa hududni yanada obodonlashtirish, mahalla ahlini tozalik va obodlik yo‘lida birlashtirish, hasharga jamlashdan iborat.
Obodlik bo‘lgan joyda fayzu baraka bo‘lishini ko‘pchilik yaxshi bilgani hamono mutasaddilarning targ‘ibotlariga labbay, deya uyushqoqlik bilan hudud aholisi yashash xonadonlarini, ko‘chalarni obod etish uchun astoydil harakat qilishayotir.
Aslini olganda kimdir yuqoridan kelib uyingning atrofini tozala, ko‘changni tartibga keltirib qo‘y, deyishini kutishning o‘zi to‘g‘ri emas. Negaki, tozalik avvalo, har bir insonning o‘zi va oilasi, salomatligi uchun kerak. Birov targ‘ib qilib bir kun ozodalikka o‘rgatgani bilan hudud obodlikka yuz tutib qolmaydi. Muntazam ravishda obodonchilik ishlari davom ettirish esa fuqarolarning o‘z qo‘lida.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobga oshno yoshlar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Bojxona boshqarmasida yosh...

Kitobxon oila — ma’naviyatli jamiyat poydevori

Qumqo‘rg‘on tumani Axborot-kutubxona markazida “Biz — kitobxon oilamiz!” tanlovining...

Iqtidorlar kashf etildi

Surxondaryoda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jajji nurli...

Huquqiy baho berildi

Sho‘rchi tuman ichki ishlar bo‘limi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha...
KunTun
KunTun