Otaxonu onaxonlar uchun…

Date:

Xalqimizda kichiklarga izzatda, kattalarga nisbatan hurmatda bo‘lish yuksak insoniylik, qadriyat tusini olgan tushunchadir. Xonadonimizda momo-bobomiz bormi, ularga doimiy e’tibor qaratib, g‘amxo‘rlik ko‘rsatamiz. Duolarini olishga, kayfiyatlarini ko‘tarishga urinamiz. Bunda bir hislat bor aslida. Ana shunday piru badavlat onaxon va otaxonlarimizning-da vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, dildan yayrab, ko‘ngil yozishlari uchun Termiz shahrida nuroniylar maskani faoliyat olib boradi.
U yerda nuroniy otaxon va munis onaxonlarimiz uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Kutubxona, choyxona, ma’naviyat, tibbiyot xonalari, sport-sog‘lomlashtirish zali deysizmi, bari o‘ziga xos va mos jihozlangan. Ayniqsa, bino atrofida keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bajarilgan bo‘lib, yangi va ko‘rkam ko‘rinishga ega majmuaga kelgan kishining bahri dili ochilishi aniq.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun