Jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida

Date:

Har qanday jinoyatchilik va huquqbuzarlik bekorchilikdan kelib chiqadi. Mahallada ishsiz, hech bir yumush bilan shug‘ullanmaydigan yosh bormi, ularning taqdiriga befarq bo‘lmagan mahalla faollari, hokim yordamchisi-yu, yoshlar yetakchilari ana shunday yoshlar bilan qiziqib, ularni savol-so‘roq qilishadi, qiziqish va layoqatidan kelib chiqib ro‘yhatga olishadi. So‘ng, shundan kelib chiqqan holda ularni yo‘naltirish ishlari boshlab yuboriladi. Ishsizlar ish bilan ta’minlansa, tadbirkorlikka qiziquvchilar uchun ham yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatiladi. Turli tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etilib, yoshlarning u yoki bu sohaga qiziqishlarini oshirish orqali ham o‘z taqdirlariga befarq bo‘lmasliklariga erishiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-sentyabrdagi “Uyushmagan yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini yagona yondashuv asosida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 468/35-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida, Denov tumanida joylashgan harbiy qismda Denov va Oltinsoy tumanida istiqomat qiluvchi 300 nafardan ortiq uyushmagan yosh ishtirokida vatanparvarlik tuyg‘usini anglash hamda sport turlariga qiziqtirish maqsadida tadbir tashkil etildi.
Tabdirda uyushmagan yoshlarga askarlar tomonidan kamondan o‘q otish, kurash, stol tennisi, tosh ko‘tarish, aremlesting, ot poygasi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi. Tadbirda faol ishtirok etganlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Volksvagen — o‘zimizda ishlab chiqariladi

O‘zbekiston bozori — ayni paytda o‘sishda davom etayotgan va...

Xizmat yanada rivojlanmoqda

Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash Departamenti hamda...

Rus tili imtihoni majburiy bo‘ladi

Rossiya Federatsiyasida migrant bolalarining ta’lim muassasalariga qabul qilinishi bo‘yicha...

Suvdan noqonuniy foydalanishni videoga oling, mukofoti bor

Yurtimizda suvdan foydalanish qoidalarining buzilishi holatlarini foto yoki video...
KunTun
KunTun