“Xomxayollar bilan ish bitmaydi”

Date:

Qanday ish ko‘proq va qisqa muddatda foyda keltiradi? Bugunning yoshlari ana shunday savollar bilan bosh qotiradi-da, javobini topa olmay, ishsizlar sonini ortishiga sabab bo‘layotgani afsuski haqiqat. Ko‘p o‘ylagandan ko‘ra biror ishda o‘zni sinab ko‘rmoq lozimdir. Yoki tadbirkorlikda, biznesda muvaffaqiyatga erishganlar tajribasi yoshlar uchun eng yaxshi “master klass” bo‘lar.

Angorlik Nuriddin Abdukarimovning tajribasi ham havas qilgulik va takrorlashga arziydigan biznes. U o‘zining bir necha yillik dehqonchilikdagi tajribasini ishga soldi-da, joriy yil boshida tomorqasidagi 7 sotix yer maydonida issiqxona qurdi. Yerga pomidor va bodring urug‘larini qadab, ihlos ila parvarish qila boshladi. Bir o‘zi emas, oila a’zolari yaqin ko‘makchi bo‘ldi. Og‘iri yengil bo‘lib, nihollari bo‘y cho‘zdi, gullari meva tugib, qizara boshladi.
Nuriddin Abdukarimovning boshlagan ishidan umidi katta. Yetishtirgan hosilini xomcho‘t qilib, 20-25 million so‘mlik daromad ko‘rishni chamalayapti.
Boshda aylangan xomxayollar bilan ish bitmaydi, qahramonimiz kabi mehnat qilgan insongina ko‘nglini shodlantirib, hamyonini qappaytirishi aniq.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...

Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga...
KunTun
KunTun