“G‘urjak-2”da yangi tez tibbiy yordam tayanch punkti

Date:

Taning sog‘ bo‘lsa, ishing ham, rejalaring ham hayotga qarashlaring ham o‘z-o‘zidan besh bo‘ladi. Shuning uchun ham bugun aholining salomatligini asrash, ularga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilayotgani barchamizga ma’lum. Eng olis hududlarga ham poliklinikalar qurilib, o‘sha joylarning ham aholisi tibbiy xizmatni olishda hech bir qiyinchilikka duch kelmasligiga ahamiyat qaratilayotir.

Tasavvur qiling, markazdan 50-60 kilometrlab uzoqdan shifokor ko‘rigiga kelib-ketish uchun ham fuqarolar anchayin qiynalishadi. Yo‘l azobi yetmaganday, turnaqator navbatlar bemor tinkasini quritishi ham tabiiy. Yashab turgan hududning o‘zginasida zamonaviy, barcha shart-sharoitlarga ega tibbiy maskan bo‘lganiga nima yetsin. Bunday yangilikdan ham kayfiyat chog‘ bo‘lsa, ham taningiz yayrab, shinam xonalarda shifokor qabulida o‘tirasiz.

Bugun “G‘urchak-2”da istiqomat qiluvchi fuqarolar dilida ana shunday hislar ustuvor. Negaki, Sherobod tuman markazidan 50-55 km olisda joylashgan “G‘urjak-2” mahallasida istiqomat qilayotgan 5 200 nafar aholi uchun tez tibbiy yordam tayanch punkti foydalanishga topshirildi. Unda viloyat sog‘likni saqlash boshqarmasi tez tibbiy yordam bo‘limi mas’ullari, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.Sobirov, tez tibbiy yordam bo‘limi mudiri X.Pardayev shuningdek, tibbiyot xodimlari hamda nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Hududlarning geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda, olis va chekka hududlardagi aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash hamda belgilangan me’yor bo‘yicha ushbu tez tibbiy yordam tayanch punkti tashkil etildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad aholiga tez va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishdan iboratdir.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

AI–80 cheklanadi

Yil yakuniga qadar barcha kuch va resurslarni safarbar etib,...

Qadog‘ida tarkibi yozilishi shart

Joriy yilning 1-sentabridan boshlab, sanoat sharoitida qayta ishlangan va...

Velosipedda harakatlangan ragʻbatlantiriladi

2025-yilda aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va...

Mahalla binosi qurilishi boshlandi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida aholiga qulay sharoit yaratish va...
KunTun
KunTun