Dorixonalardagi narxlarni o‘rgandi…

Date:

Bugun dorixonalardagi narx-navoni ko‘rib, ikkinchi bor shamollamaslikka harakat qilasiz. Shamollamaslik mumkin, ammo boshqa kasalliklarchi? Issiq jonning isitmasi esa takror va takror dorixonalarga murojaat qilishga majbur etadi. To‘g‘ri, dori-darmonlar oldi-sotdisi ham biznes, daromad topishning bir usuli. Ammo, bu yo‘nalishda narx-navoning oshishi fuqarolarni qiyin ahvolga solib qo‘yishi hech gap emas. Ayni sohani tartibga solish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumanida bo‘lib, dorixonalar faoliyati bilan tanishdi.
Tuman markazidagi dorixonalarga kirib, narxlar hamda dorilarning shifokor retsepti bo‘yicha berilishi bilan qiziqdi. Shu bilan bir qatorda tuman shifoxonasida masalani o‘rganish davom ettirilib, bemorlarning kasallik varaqalaridagi qaydlar ko‘zdan kechirildi.
Tibbiy xizmat ko‘rsatishda korrupsion holatlarni oldini olish bo‘yicha qilinadigan ishlar talaygina ekanligi va odamlar hali tizimdan to‘laqonli rozi emasligi ta’kidlandi. Soha mutasaddilariga tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, bemorlarga bepul berilishi lozim bo‘lgan dorilarning manzilli yetib borishini qat’iy nazorat qilish topshirig‘i berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun