Iqtidor yuz ochdi

Date:

Yosh iqtidorlarning ovozini, san’atda, ijoddagi izlanishlarini ko‘rib, eshitib, tasanno aytasan kishi. Tinch va osuda yurtimizda, dorilomon kunlarda yosh avlod faqat va faqat o‘qish, o‘rganish, o‘z iqtidorlarini yuzaga chiqarishda bor imkoniyatlarini ishga solishayotgani, kelajagimiz ishonchli qo‘llarda ekanini ko‘rsatadi. “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyot festivalining har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgani esa ko‘plab iqtidorlarni yuzaga chiqarishga xizmat qilayotir.


Bu yil ham shunday bo‘ldi. Festivalning viloyat bosqichi “Yoshlar markazi” binosida tashkil etildi. Tanlovda 200 dan ziyod iste’dodli, iqtidorli bolalar ishtirok etib, 6 ta yo‘nalish, ikkita yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Aytish kerakki, har bir chiqish, har bir ovoz e’tiborga va e’tirofga loyiq. Ular orasidan g‘oliblarni aniqlashdan qiyin ish bo‘lmasa kerak.
Ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan tanlov so‘nggida g‘oliblar aniqlanib, ularga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun