“Zaratushtdan Chingizxongacha”

Date:

Tariximiz buyuk va shonli, ammo xalq boshidan turli og‘ir va mashaqqatli sinovlar o‘tgani ham rost. Hokimiyat tepasiga kelib-ketguvchilarning olib borgan siyosati bunga bosh sabab bo‘ldi. Shunga qaramay, din, ma’naviyat masalasi har doim muhim ahamiyat kasb etdi. Buni bizgacha yetib kelgan nodir qo‘lyozmalar, tarixiy binolar, yodgorliklar isbotlab turadi. Albatta, tarixni o‘qish o‘rganish yosh avlod uchun muhim, boshqa davlatlar uchun esa qiziq va foydadan holi emas. Ayni maqsadda Termiz davlat universiteti va Karlovo universiteti oʻrtasida tuzilgan Oʻzbekiston-Chexiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasiga 20 yil toʻlgani munosabati bilan Chexiyaning Karlova universitetida “Zaratushtdan Chingizxongacha” nomli koʻrgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazmada O‘zbekistonning qadimgi moddiy va nomoddiy madaniyati, surxon vohasi yodgorliklari, turizm salohiyati, ekspeditsiya hayoti, ilmiy faoliyati, erishilgan yutuqlaridan fotolavhalar namoyish qilindi. Ko‘rgazma doirasida tashkil etilgan ilmiy seminar esa ko‘rgazmaning ahamiyatini ochib berishga xizmat qildi. Aytish kerakki, “Zaratushtdan Chingizxongacha” ko‘rgazmasi 1 oy davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun