Amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi

Date:

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi va tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan 11 oy davomida amalga oshirilgan ishlar va sohaga oid qabul qilingan qarorlarning qabul qilinganligi munosabati bilan ushbu qarorlarning mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda mazkur hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida Kadastr agentligi Surxondaryo boshqarmasi binosida matbuot anjumani o‘tkazildi.


Ushbu matbuot anjumanida tegishli soha vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi. Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Menglimamat Abduraxmonov so‘zga chiqib, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlaridan yer va suv resurslaridan oqilona hamda maqsadli foydalanish, uni asrab avaylash, kelajak avlod uchun bus-butun saqlash, yer qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ymasliklarini eslatib o‘tdi. Zero, qonunga ko‘ra yer qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan jismoniy va yuridik shaxslar ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi qonunda qat’iy belgilab qo‘yilgan.


Aytish kerakki, afsuski Surxondaryo viloyati bo‘yicha fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylari soni jami 250 974 ta xonadonning hozirda egalik hujjati mavjud bo‘lmaganligi sababli, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan. Kadastr agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi va uning tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan 2023-yilning 1-dekabr holatiga o‘tkazilgan tadbirlar davomida 1944 ta holatda 895 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinish holatlari aniqlandi. Mazkur qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallagan shaxslarga kadastr bo‘limlari tomonidan 1944 ta yozma ko‘rsatmalar yuborildi hamda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida yer qonunbuzilish holatlarining 1177 tasi, ya’ni 424 gektarida yer qonun buzilish holatlari bartaraf etilishiga erishildi.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

JASORAT — SINOVDA TOBLANADI!

Bandixon tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabida Vatan himoyasi, mardlik va...

Qoidani qayta buzgan chegirmadan mahrum boʻladi

Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda...

Tezlikni oshirsa, jazosi qatʼiy

Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash, yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish hamda...

Usta-dehqon tajribasi yoshlar bandligiga xizmat qilmoqda

Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tomorqadan samarali foydalanish madaniyatini shakllantirish va...
KunTun
KunTun