Biz bir bo‘lsak…

Date:

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismda “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” g‘oyasi asosida madaniyat va ma’rifat tadbiri tashkil etildi. Tadbirda respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari senator Minxojiddin Xojimatov, falsafa fanlari doktori professor Jamila Shermuxammedova, siyosiy fanlar doktori professor Narzulla Jo‘rayev, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi Faxriddin Nazarov, davlat va jamoat tashkilotlari, yozuvchilar, taniqli san’atkorlar, harbiy baxshilar hamda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida mehmonlar harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sportchi harbiylar hamda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan tadbir va to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. So‘ng, madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mehmonlarga va harbiy xizmatchilarga taniqli san’atkorlar va harbiy baxshilar o‘zlarining kuy-qo‘shiqlarini hamda terma dostaonlarini ijro etib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Mehmonlar uchun bayramona dasturxon yozilib, o‘zbek xalqining milliy taomi osh tortildi. Tadbir doirasida bahodirlar sport musobaqalari o‘tkazilib, harbiy xizmatchilar bir-biridan qiyin normativlarni bajarishlariga, o‘zaro kuch sinashishlariga to‘g‘ri keldi. Musobaqani kuzatib borgan hakamlar ishtirokchilarni baholab, g‘oliblar munosib rag‘batlantirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

3 kilometr — iroda va qat’iyat sinovi

Bugun Termiz shahrida yoshlarni sportga keng jalb etish va...

O‘zbekiston terma jamoasi shtabiga yangi mutaxassislar qo‘shildi

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi...

“Ijodkor bolalar” aniqlandi

Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Ijodkor bolalar”...

Harbiylar bilimi sinovdan o‘tdi

DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida kitobxonlik...
KunTun
KunTun