Ijodkorlar bilan uchrashuv

Date:

Mazmunli kino ko‘rsangiz yoki musiqa tinglasangiz, miriqib xordiq chiqargandek bo‘lasiz. Bir necha kun davomida o‘z taassurotlaringiz bilan yurasiz. Adabiy uchrashuvlar ham, unda ko‘tariladigan mavzular ham shunday. Buning uchun adabiyotni sevishingiz, ijod ahlidan bo‘lishingiz shart emas. Shunchaki, tinglash, she’r tafti va nafasidan bahramand bo‘lish kifoya. Vujudingiz, ongu shuuringiz, qalbingiz larzaga kelib, ma’nan va ruhan dam olasiz.


Angor tumanidagi 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shioir ostida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etganlarni ham ayni shunday his-tuyg‘ular chulg‘ab oldi. Tadbir mehmonlari esa Respublika targ‘ibot guruhi a’zolari bo‘lmish O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Salim Ashur hamda Mengnor Ollamurod bo‘ldi.
Uchrashuv davomida ijodkorlar va o‘quvchilar o‘rtasida samimiy suhbat o‘tkazildi. Yoshlar o‘zi ijod namunasidan o‘qish bilan birga, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Ijodkorlar maktab kutubxonasi fondiga kitoblar sovg‘a qilishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun