Tabiat — rassomlar nigohida

Date:

Tabiat eng yaxshi ustoz, rassom va ijodkor qo‘l urishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi mavzu. Ilhomlanish uchun ham, ijod qilish uchun ham tabiat qo‘ynida bo‘lish kifoya. Uning bag‘ridan olingan bir parcha ko‘chirma esa haqiqiy san’at asari bo‘la oladi. Xolbuki, san’at asarining takrori bo‘lmaydi, u faqat bir nusxada bo‘ladi, deyishadi. Ona tabiat esa bu borada ham bag‘kenglik, saxovatpeshalik qiladi, go‘yo. Shu sababdan ham tabiat yaratgan betakror va maftunkor go‘zalliklardan ilhom olib, uning qo‘ynida asar yaratish – plener musavvirlar uchun eng zavqli va qiziqarli ijodiy jarayondir.


Bu jihatlarni inobatga olgan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi esa o‘ziga xos tashabbus bilan chiqdi. Ya’ni “Ekologiya va iqlim o‘zgarishi – rassomlar nigohida” mavzusida plener ko‘rik-tanlovini e’lon qildi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasining bir guruh a’zolari, mahoratli rassomlar esa tanlov bahonasida vazirlik tasarrufidagi “Surxon” davlat qo‘riqxonasining go‘zal manzaralarini tasviriy san’atda aks ettirish, o‘lmas sa’nat asarlarini yaratish, badiiy etyudlar tayyorlash ishlariga sho‘ng‘ib ketishdi. Rassomlar qo‘riqxonaning barcha bo‘limlarida bo‘lishib, har bir hududning betakror manzaralarini chizishdi.


Jarayonni kuzatish, tomoshaga berilish ham qiziqarli. Shunchaki oqqa ko‘chayotgan chizgilar, bo‘yoqlar qorishmasi ajib manzarani jonlantirayotgani kishi e’tiborini tortmay qo‘ymaydi. Rassomning mahorati, uning nigohi qadalgan kadrlar hayotdagi aksiga bir tomchi suvdek, aynan o‘xshash. Xuddiki, rassom va tabiat o‘rtasida ko‘z ilg‘amas yaqinlik, bog‘liqlik boru bu o‘lmas asarlar, beqiyos san’at durdonalari yaratilishiga sabab bo‘layotgandek. Aslida har birimiz tabiatning bir bo‘lagimiz. Buni anglashga yordam bergan ushbu ko‘rik-tanlov tabiatga bo‘lgan daxldorlik hissimizni oshirishga yurtimizning noyob hayvonot va nabotot olamini targ‘ib etishga, atrof-muhit muhofazasini kuchaytirishu yoshlarning ekologik bilim va madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.


“Ekologiya va iqlim o‘zgarishi – rassomlar nigohida” mavzusida o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlov yakunida yaratilgan asarlardan ko‘rgazma tashkil etilib, hakamlar hay’ati tomonidan g‘oliblikka munosib asarlar saralanib, gʻoliblar pul mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Oldingi sahifaIjodkorlar bilan uchrashuv
Keyingi sahifaHar qarichdan…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Nazorat tadbirlari davom etmoqda

Kadastr agentligi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib...

1,7 milliondan ortiq aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “To‘palang suv ombori suvlaridan...

Yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda

Hududlarda xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish, yangi...

Majolis un-naf(oyi)s

Demak, hazrat Navoiy davrida ham majlislar bo‘lgan. Shundan ruhlanib,...
KunTun
KunTun