200 o‘rinli MTT

Date:

Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni bog‘chaga qamrovini oshirish maqsadida Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida, chekka va olis qishloq hamda ovullarida davlat, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilayotir. U yerlarda yaratilayotgan shart-sharoitlar, tajribali pedagoglarning jalb etilgani esa bolajonlarning bilimli, salohiyatli bo‘lib yetishishiga xizmat qilmoqda. Muzrabot tumanida ham 200 o‘rinli davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ish boshladi.
Tadbirkor Olim Xurramov tashabbusi bilan loyiha qiymati – 4 milliard 300 million so‘m bo‘lgan ushbu nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yangidan qurilib foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Azimov, soha vakillari, mahalla nuroniylari va faollari ishtirok etdi.
Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar bog‘chada bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun