Ekologik aksiya o‘tkazilmoqda

Date:

Qayga boqmaylik obodlikdan, amalga oshirilayotgan ishlardan ko‘ngil shodlanadi. “Yashil makon” umummilliy aksiyasi har bir vohadoshimizni ezgulikka chorlab, yaxshi niyat bilan yetga ko‘chat ekishga, o‘zi yashab turgan makonni obodonlashtirishga hissa qo‘shishga chorlamoqda. Ana shunday umummilliy harakat davomida Surxondaryo viloyat hokimi ham tashabbus bilan chiqdi va Surxon vohasini chiqindidan holi hududga aylantirish maqsadida “Obod makon – musafo hayot” ekologik aksiyasiga start berdi.
Aktsiyaning birinchi haftasida
jurnalist, blogerlar va ijtimoiy tarmoq faollari bilan hamkorlikda hududlarda 262 ta holat aniqlandi hamda chiqindilarni bartaraf etish ishlari olib borildi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va mutasaddi boshqarmalar tomonidan ekologiyani asrash hamda atrof-muhitni muhofaza qilish qonunchiligiga oid qoidabuzarliklarni sodir etgan 2 668 nafar jismoniy va yuridik shaxslar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, 512 ta holat joyida bartaraf etildi. Qolgan holatlar bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.
Shuningdek, Milliy gvardiya, SES, ekologiya boshqarmalari tomonidan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazilib, 927 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi hamda daraxtlarni kesish, tabiat musaffoligiga ziyon yetkazish bilan bog‘liq 39 ta holat yuzasidan tegishli tartibda ma’mumiy javobarliklar belgilandi.
Aksiya doirasida harakatlar davom etmoqda.

Oldingi sahifa200 o‘rinli MTT
Keyingi sahifa“Ma’rifat ulashib”

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtiyozlar imkoniyat yaratadi

Surxondaryo viloyatida Prezidentning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni...

Narkotik savdosining oldi olindi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilgan tezkor...

Nazorat kuchaytirildi

Surxondaryo viloyatida ekologiya va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd...

O‘ziga ishonchi ortdi

Termiz shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan...
KunTun
KunTun