Yer osti yo‘li foydalanishga topshirildi

Date:

Termiz shahrining markaziy ko‘chalaridan biri hisoblangan “Hakim at-Termiziy” ko‘chasida yer osti yo‘li abgor holatga kelib qolgan, qarovsizligidan foydalanilmasdi. Yer osti yo‘li e’tiborga tushdi-yu, u yerda ta’mirlash va obodlashtirish ishlari amalga oshirila boshlandi. Qisqa muddatda ta’mirlash ishlari yakunlanib, ushbu yer osti yo‘li foydalanishga topshirildi.
Marosimda Termiz shahar hokimi O‘.To‘rayev, mutasaddilar, nuroniy otaxon va munis onaxonlar, yoshlar hamda keng jamoatchilik faollari ishtirok etdi. Aytish kerakki, qayta ta’mirlanib, zamonaviy qiyofaga keltirilgan yer osti yo‘li endilikda aholiga yanada qulayliklar keltirishi, texnikalar bilan bog‘liq xavfsizlikni ta’minlashi barchani mamnun etdi.
Nuroniylar osmonimiz doimo musaffo bo‘lishi, yurtimiz tinch, shaharlarimiz yanada rivoj topib boraverishini tilab qo‘llarini duoga ochdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun