San’at sahnalarda sayqallanadi

Date:

Teatr shunday joyki, unda rol ijro etayotgan aktyor odamlarning dardini, muvaffaqiyatlarini, o‘sha davrning “ruhi”ni sahnaga olib chiqadi. Tomoshabinni bir zum bo‘lsa-da, turmush tashvishlaridan chalg‘ita oladi, muammolarini bir chetga surib qo‘yib, rol ijro etilayotgan zamonga sayohatga olib ketadi… bu esa o‘z navbatida aktyorning mahorati, tanlangan asarning kuchini belgilab beradi.
Tomoshabinlariga chinakam san’at asarlarini namoyish etib, allaqachon el og‘ziga tushgan, ijro etilayotgan sahna asarlarining salmog‘i bilan san’at oshuftalarini sehrlay oladigan aktyorlar vohada talaygina.
Viloyat musiqali drama teatri jamoasi ijrosidagi sahna asarlari nafaqat respublikamizda, balki xalqaro miqyosida ham e’tirof etilayotgani Surxon teatr san’atining tobora sayqallanib borayotganidan nishon. Kuni kecha Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida gastrol safarida bo‘lib qaytgan teatr jamoasining taassurotlari bisyor.
Gastrol safari davomida viloyat musiqali drama teatri va Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahridagi Lohuti nomidagi davlat Akademik drama teatri o‘rtasida 5 yilga mo‘ljallangan memorandum imzolandi. Teatr jamoalarining kelgusidagi ijodiy hamkorligi, o‘zaro gastirollar almashinuvi borasida kelishuvlarga erishildi. O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi elchixonasi mas’ullari hamda teatrlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan samimiy muloqot chog‘ida ikki davlatning do‘stona aloqalari, qadimiy va mushtarak maqsadlari, madaniyati va urf-odatlari haqida so‘z yuritilib, boshqa-boshqa tillarda so‘zlashishsa-da til, millat, makon va manzil tanlamas san’at ularni ezgu maqsadlar sari yetaklovchi muhim vositalardan ekanligi ta’kidlandi. Kelgusida teatrlar o‘rtasidagi kelishuv va imzolangan memorandum ham ikki qardosh davlatlar xalqlarini yanada birlashtirish, ularni teatr san’atidan bahramand etish imkonini berishi e’tirof etildi.
Gastrol doirasida viloyat musiqali drama teatri jamoasi tomonidan namoyish etilgan “Momo yer” spektakli tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Jahon adabiyotining yetuk namoyondalaridan biri Chingiz Aytmatov asari asosida rejissor Farxod Boltayev va sahnalashtiruvchi rassom Xayrullo Chorshanbiyevlar tomonidan sahnalashtirilgan ushbu spektaldagi topilmalar, rassom va rejissorning professional yondashuvi, aktyorlarning ovoz imkoniyati, ijro mahorati, spektaklning ta’sirchanligi, boshqa teatrlar talqinidan mutlaqo farq qilishi kabi jihatlar Tojikiston Respublikasi Madaniyat vazirligi mutaxassislari, yetuk san’at darg‘alari tomonidan alohida e’tirof etildi. Spektakl yakunida so‘z olgan san’at namoyondalari Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodiy jamoasining imkoniyatlari va yuksak ijro mahoratidan hayratlanganlari, kelgusidagi gastrollar ham tomoshabinlar uchun bugungidek taassurotlarga boy bo‘lishiga urg‘u berishdi. Teatr jamoasini shunday ta’sirchan, tomoshabinni mulohazaga chorlovchi asarlar bilan kutib qolishlarini bildirishdi hamda esdalik sovg‘alarini ilinishdi.

A.Mo‘minova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Happy kids”da hosil bayrami

Kuz fasli dehqonlarning hosiliga baraka kirib, yig‘im-terim boshlangan davr...

Oliy ma’lumotsiz psixologik yordam ko‘rsatish taqiqlanadi

Joriy yilning 5-noyabrida qabul qilingan «Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish...

Ma’daniy o’rmonzor barpo etiladi

Atrofimiz bogʻ-u boʻstonga, yaxshillikka burkanar ekan, ekologiyamiz, olayotgan nafasimiz...

Umida Omonova gʻolib

Yoshlarning sportda, ijodda, sanʼatda va ilm-fanda iqtidor va isteʼdodlarini...
KunTun
KunTun