Farzandim o‘qiyotgan maktabni bog‘-u rog‘ga aylantiraman

Date:

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatida e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Loyiha ko‘plab aksiya-yu tadbirlarga ulanib, xalqning birdamligi, ahilligi namoyon bo‘layotir. Sariosiyo tumanidagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Otam bilan daraxt ekaman” shiori ostidagi aksiya ana shunday ishlarning davomidir.
Farzandlar va ota-onalar birgalikda faollik ko‘rsatib, maktab va bog‘cha hovlisiga turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi. Ushbu aksiya yashil makonlarni kengaytiribgina qolmay, o‘g‘il-qizlar qalbida ona tabiatga mehr uyg‘otish, otaning farzand tarbiyasidagi o‘rni va ma’suliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun