Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi

Date:

Jahonda paxta tolasi ishlab chiqarishda ingichka tolali g‘o‘zalar o‘rta tolali g‘o‘zalardan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi va ko‘p mamlakatlarda katta maydonlarga ekiladi. Bu navlar O‘rta Osiyoning keskin kontinental jazirama iqlimiga va boshqa agroekologik sharoitiga yaxshi moslashgan. Tezpisharligi, issiqqa chidamliligi va ildiz tarmog‘ining baquvvatligi bilan ajralib turadi. Tolasidan (I, II, III tipli) yuqori sifatli, nafis gazlamalar, pishiq texnika buyumlari tayyorlanadi.
Paxta yetishtirishda yuqori va sifatli hosildorlikka erishib yangi navlarni yaratish, tuproq unumdorligini oshirish agrotexnik bilimlarni, amaliy tajribalarni amaliyotda sinashni talab etadi. Shu maqsadda “Surxondaryo viloyatida ingichka tolali paxta yetishtirishni ilmiy asosda amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–170-son, 18.03.2022-y.) qabul qilindi. Va qarorga muvofiq, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi.
G‘o‘zaning ingichka tolali yangi navlarini yaratish va ularning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish, yangi navlarni yetishtirishda resurs tejaydigan agrotexnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqqan holda qishloq xo‘jaligi sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini oshirish institutning asosiy vazifasi sanaladi. Qolaversa, yetakchi mahalliy va xorijiy ilmiy markazlar va ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yiladi. Sohaga mahalliy va xorijiy grantlar hamda investitsiyalar jalb etiladi.
Viloyatimizda 2022-yilda 12 ming, 2023-yilda 18 ming gektar maydonga g‘o‘zaning ingichka tolali navlarini joylashtirish rejalashtirilgan.


S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...

Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga...
KunTun
KunTun