Volontyor yoshlar ko‘magida…

Date:

Hayot sinovlarga to‘la. Kimdir sog‘ligi, yana kimdir omadsizligidan tashvishda. Ammo, shunga qaramay, dardini yeng ichida qoldiradiganlar ham yo‘q emas. Ana shunday insonlarni-da, ko‘ngliga qo‘l solish, muammo va kamchiliklarini o‘rganish bugun davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
Jarqo‘rg‘onlik Hafiza Nomozova tumandagi “Istiqlol” mahallasida 9 yildan buyon yashab keladi. Afsuski, sharoiti og‘ir, sog‘ligida muammosi borligi sabab 2-guruh nogironi. Mahalladagilar Hafizaning shart-sharoiti va imkoniyatlaridan kelib chiqib, uni “Yoshlar daftari”ga kiritishdi. Uy-joyi yo‘qligi inobatga olinib, yoshlar ishlari agentligi Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi tashabbusi va volontyor yoshlar ko‘magida Hafiza uchun yangi uy-joy qurib berilmoqda.
Atrofdagilarning oqibati, yordamidan Hafizaning boshi osmonda, hasharchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, yangi uyda yashash ishtiyoqida yonmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ma’naviy mas’uliyat ham muhim

Hayvonlarga nisbatan mehr-shafqatli munosabatda bo‘lish insonparvar jamiyatning muhim mezonlaridan...

Oʻzaro kuch sinashdi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy salohiyatini yuksaltirish...

Oltinsoy uzumi eksport yo‘lida…

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish nafaqat hudud iqtisodiyotini rivojlantiradi,...

Bilimlar yanada mustahkamlanadi

Ta'lim sifati faqat nazariy bilim bilan emas, balki zamonaviy...
KunTun
KunTun