Qalbda g‘urur uyg‘otgan tilim

Date:

Ayni paytda statistikaga yuzlanadigan bo‘lsak, dunyoda 7000 dan ortiq til mavjud. Afsuski, 9000 mingdan ortiq til yo‘qolib ketgan. Bu raqamlar har birimizdan tilimizga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni talab etadi. Aks holda millat tili tanazzulga yuz tutishi hech gap emas. Xolbuki, insoniyat har 2 haftada 1 tildan ajralayotgani ham fakt. O‘ylab ko‘raylik ikki hafta ichida bir til yo‘q bo‘lib ketsa, o‘sha tilda so‘zlashuvchi bir zot bo‘lmasa. Bu millat, bir davlatning yo‘qolishi emasmi? Aslida til va millat egizak tushuncha-ku?!
Shu nuqtai nazardan bir muddat avval biror davlatda bo‘lib, suhbatdoshingizga o‘zbekman deganingizda, sizni sovet ittifoqidagi bir mustamlaka davlat vakili deb o‘ylar yoki shunday davlat ham borligini eshitmaganini aytishardi. Yoki biz faxr-iftixor tuyadigan bobolarimiz Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur haqida dunyo ahlining fikri qanday ekanini bilasizmi? Ularni mo‘g‘ul deb bilishadi. To‘g‘ri, ular tarixni shunday o‘rganishgan, kitoblarida shunday yoritilgan-da. Ana shunday biz tan olishni istamaydigan haqiqatlarga qaramay, tilimizga, millatimizga, o‘zligimizga mehrimizni, e’tiborimizni susaytirmadik.
Abdulla Oripov misralarida bitib, ming yillarkim bulbul kalomi, o‘zgarmaydi yaxlit hamisha deganidek, davlat tilimizni sof saqlashga, o‘zgartirmaslikka, davlat darajasida hurmat-e’tibor qaratishga intilyapmiz. Bu ishlarning boshida muhtaram yurtboshimizning turgani esa o‘zbek xalqi uchun eng yaxshi ibrat namunasi bo‘lib xizmat qilayotir. Birgina misol, BMT sammitlarida prezidentimizning chiqishidagi nutqi aynan o‘zbek tilida bo‘lgani, oynai jahon orqali bu nutqni eshitgan har bir o‘zbekman deganning qalbiga g‘urur-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otib yuborayotgani rost.
Bugun zamon bilan hamnafas yashayapmiz. Yurtimizda va dunyodagi voqea-hodisalar, yangiliklardan voqif bo‘lib borayotganimizda davlat rahbari qaysi davlatga tashrif buyurmasin, mezbonlarning o‘zbek tilida so‘z boshlashlari tilimizga, davlatimizga e’tiborning yuksak ko‘rinishi ekaniga amin bo‘lamiz. Ha, O‘zbekiston kichkina davlat emas, O‘zbekiston kuchli, har jihatdan rivoj topgan, dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rni va nufuziga ega bo‘lib ulgurgan davlatdir.
Yana bir gap, yurtimiz nufuzli festival va tadbirlar, forumlarga mezbonlik qilib kelmoqda. Yaqinda ham mashhur san’at ahli azim poytaxtda jam bo‘lganida ham, gollivud yulduzlariga so‘z berishganida, ularning “Assalomu alaykum” deya qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib, o‘zbekona lutf bilan so‘z boshlashlariga nima deysiz?
Filmlarimiz, san’atimiz, iqtisodiy va siyosiy aloqalar, qolaversa, sport orqali ham o‘zbekcha so‘zlar har bir davlatga, uning nutqi va hayotiga kirib borayotgani siz-u bizga yaxshi ma’lum. Ayniqsa, kurash tushayotgan polvonlarimizning “Yo pirim” deya raqibining belbog‘idan mahkam tortib, bir ko‘tarib yerga uloqtirayotganda tomoshaga kelganlarning “halol” degan hayqiriqlarini bugun millati, dini-yu irqidan qat’iy nazar barcha kurash ixlosmandlari takrorlayapti. “Halol” kabi “chala”, “yonbosh” (yan o‘zingiz ham qo‘shing, esimga kelgani shu bo‘ldi) so‘zlarimiz bugun kurashda mashhur atama yoki termin tusini olgan.
Bu tilimizning dovrug‘i, shon-shuhrati qay darajada ekanini ko‘rsatayotganining isboti emasmi? Ayni harakatlarga javoban ba’zi yoshlarimiz nima qilishyapti? Qanday javob qaytarishyapti? Tilimizning sofligini buzib, nutqimizni chet el — rus, ingliz tilidagi so‘zlar bilan qorishtiryapti, jargonlar bilan chaplayapti. Til bilgan yaxshidir, ammo har birini o‘z o‘rnida qo‘llash yaxshi emasmi? So‘zimiz avvalida bulbul kalomi haqidagi misralarni keltirib o‘tgandik. Haqiqatan ham ming yillardan buyon bulbulning sehrli xonishi o‘zgarmaydi. Ming bora eshitsak ham bu ovozga mahliyo bo‘lamiz. Bizchi, nega endi bulbul kabi o‘z tilimizga sodiq emasmiz? Qaytamga to‘ti misol taqlid qilib, o‘zgalarga kulgu bo‘lishni o‘zimizga ep bilyapmiz…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

MIB xodimi jahon chempionatida…

Inson qaysi sohada faoliyat yuritmasin, qiziqishlari uni tark etmaydi....

Murosasiz bahslarda…

Maydonga tushadigan har bir sportchi raqibini yengib, g‘olib bo‘lishni...

Ilk bor urib turgan yurak ko‘chirildi

Italiyaning Paduya shahrida dunyoda birinchi marta urib turgan yurak...

“IIB bog‘i” tashkil etildi

Atrofimiz yashillikka burkansa, buning insoniyatga, ekologiya va tabatga ta’sorini...
KunTun
KunTun