Bobotog‘da o‘zgarishlar epkini esmoqda

Date:

Surxondaryo viloyatidagi har bir tuman, hudud, chekka-chekka qishloq va ovulga-da istiqomat qilayotgan mahalliy aholining yashash tarzi, shart-sharoitini yaxshilash maqsadida e’tiborga molik ishlar amalga oshirilayotir. Shu maqsadni ko‘zlagan viloyat hokimi Prezidentimizning 2021-yil 17-fevraldagi “2021-2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotog‘ hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi hamda aholi muammolarini tinglash va ularga yechim topish niyatida Bobotog‘ hududida bo‘ldi.


Eng avval, “Oqmachit” mahallasining yangidan qurilgan, “Mahalla yettiligi” uchun zarur sharoitlar yaratilgan binosining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Marosim mahallada “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga ulanib ketdi va hokim jamoatchilik faollari bilan birgalikda daraxt ko‘chatlari ekish ishlarida bosh-qosh bo‘ldi. Shundan so‘ng, mahallada joylashgan 63-sonli maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.


Uzoq hududlardan kelib, Bobotog‘da ishlayotgan oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar bilan tashkil etilgan uchrashuvda esa ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi. O‘qituvchilarning taklif va murojaatlari yechimi yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, tashrif davomida ushbu maktabda UNICEF ko‘magida tashkil etilgan sayyor tikuvchilik sexi, maktabga tayyorlov guruhlari hamda kutubxona faoliyati bilan tanishildi. O‘quvchilarga kitoblar jamlanmalari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun