Targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi

Date:

Ov — ovchilar uchun sevimli mashg‘ulot. Avvaliga jonivorni kuzatadi. So‘ng mo‘ljalga olib, o‘q uzilgandan keyin tamom, nishonga tegmay qolmaydi. O‘lja esa naqd. Ammo, qurbon “Qizil kitob”ga kiritilgan noyob hayvon turi bo‘lsachi? Ovchi eng oxirgi jonivorni otib, ushbu turning yo‘qolib ketishiga sababchi bo‘lgan bo‘lsachi? Axir, har qimirlagan jonga go‘sht sifatida qaramaslik lozim.
Ayni jihatlarni hisobga olgan holda Uzun tumani IIB binosida tuman ovchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ovchilarga 2022-yil 31-may kunidagi 772-sonli Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, ovchilar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarlik holatlari yetkazilib, ov qurolidan foydalanishda tartib-qoidalarga amal qilishlari, qurolni begona shaxslarga, ayniqsa, voyaga yetmagan yoshlarning qo‘llariga bermaslik ta’kidlandi.
Yig‘ilish davomida, ov quroli egalari tomonidan berilgan savollarga mas’ullar tomonidan qo‘shimcha javoblar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kerakli tavsiyalar berildi

Sariosiyo tumanida hokim yordamchilari uchun “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirini...

“Ko‘mak” ishtirokchilari uchun amaliy uchrashuv

Termiz shahridagi Yoshlar markazida “Ko‘mak” loyihasi ishtirokchilari bilan navbatdagi...

Mardlar maydonga chiqdi

Termiz shahrida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati...

Xavfsizlikni eshikdan boshlash kerak

Termiz shahrining Bog‘ishamol mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholiga...
KunTun
KunTun