Imtiyozli muddat uzaytirildi

Date:

Yosh avlodni bog‘chaga qamrovini oshirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha tashkil qilish uchun imtiyozli kreditlar ajratilishidan xabardormiz. Qolaversa, belgilangan muddatdan foydalanib, ayni shu imtiyozli kredit mablag‘lari asosida bog‘cha faoliyatini yo‘lga qo‘yganlar ham bor. Imtiyozdan foydalana olmadik, degan tadbirkorlarga hali kech qolishmaganini aytmoqchimiz. Sababi, imtiyozli muddat uzaytirildi.
Ya’ni “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–316-son, 27.09.2023-y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, tadbirkorlarga, ularning xohishiga ko‘ra, 2018–2022-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun tuzilgan bitimlarga muvofiq ajratilgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr muddatini 2024-yil 1-oktabrgacha uzaytirishga ruxsat etildi.
Bunda imtiyozli davr davomida tadbirkorlar tomonidan kredit bo‘yicha faqat foiz to‘lovlari amalga oshiriladi. Imtiyozli davrda to‘lanishi lozim bo‘lgan asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlar kredit davrining qolgan qismiga teng miqdorda taqsimlanadi. Qolaversa, davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar loyiha tashabbuskorlariga viloyatlar markazlari va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 8 foiz stavka bo‘yicha ajratiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Erta aralashuv” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Denov tumanida 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan...

Ikki oilaga yangi xonadon, mahallaga yangi maskan

Mustaqillik bayrami arafasida Denov tumanining Chuqurqishloq mahallasida aholi uchun...

“Obodon”ning qiyofasi oʻzgardi

Bir paytlar infratuzilmasi og‘ir toifadagi mahallalar qatorida bo‘lgan hududlarda...

“Oftobmakon”da katta yangilanish

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Oftobmakon” mahallasida yillar...
KunTun
KunTun