Uzunda “Targ‘ibot karvoni” tashkil etildi

Date:

Uzun tumanida oxirgi ikki oy ichida 2 ta YHT sodir bo‘ldi. Oqibatda esa 4 kishi turli darajada jarohatlandi. Holat bundan-da ayanchli bo‘lishi mumkin edi… Ko‘za kunida emas, kunida sinadi deyishadi, e’tiborsizligimiz, yo‘l harakati qoidalarini mensimaslik esa tuzatib bo‘lmas xatolarga yo‘l ochishi hech gap emas. Shirin jonlarni juvonmarg qilishdan oldin to‘xtaylik.
Uzun tumani IIB JXX YHXG hamda tuman favqulotda vaziyatlar bo‘limi, Vatanparvar tashkiloti va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida Uzun tumanida tashkil etilgan targ‘ibot tadbiri fuqarolarni to‘xtatishga, yuqoridagi holatlardan saboq olishga chaqirdi. Shu maqsadda so‘zga chiqqanlar, hisobotlarda joy olgan raqamlarga murojaat qilib, holatning naqadar jiddiy ekani, qolaversa, tumanda yil boshidan beri sodir bo‘lgan YTH va ularning sabablari va harakat xavfsizligini ta’minlash sohasida qilinayotgan ishlar haqida gapirib o‘tdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU talabalari — finalda!

Termiz davlat universiteti talabalari “Talabalar teatr studiyalari” festivalining Samarqandda...

Samarqand-u Buxoroga sayohat

Angor tumanida ichki turizmni rivojlantirish hamda yurtimizning boy tarixiy-madaniy...

Do‘ppi chelenji o‘tkazildi

Angor tumanida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlar orasida milliy...

Mini GES ishga tushdi

Oltinsoy tumanida energiya samaradorligini oshirish va aholini elektr ta’minoti...
KunTun
KunTun