Maroqli tomosha

Date:

Bog‘chalarda yoz oyi davomida yozgi sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bu muddatlarda tarbiyalanuvchilarning vaqti chog‘ o‘tadi. Quyosh tig‘ida miriqib cho‘milishsa, jismoniy mashqlar, harakatli o‘yinlar esa tanlarini chiniqtiradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi har bir kun bolajonlar uchun qiziqarli va foydali o‘tishi uchun ana shunday puxta o‘ylangan holda rejalashtirilgan. Buning uchun tarbiyachi-pedagoglar ham tinim bilmay mehnat-u harakatlarini sarf etayotgani tahsinga sazovor.
Sherobod tumanidagi 30-sonli hamda Sho‘rchi tumanidagi 47-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham tarbiyalanuvchilar ana shunday e’tiborda va qiziqarli mashg‘ulotlar bilan mashg‘ul. Ayniqsa, ularning yozgi sog‘lomlashtirish jarayonlarini mazmunli tashkil etish maqsadida teatr tomoshalari namoyish etilgani bolajonlar uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Ertak qahramonlarining chiqishlari, boshidan kechirgan sarguzashtlarini maroq bilan tomosha qildilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun