Surxondaryo sharafini munosib himoya qilib…

Date:

Xorijiy tillarni bilish muhim. Shunday ekan, til o‘rganishga maktab davridanoq kirishilsa, natijaga erishish oson kechadi. Bunda o‘qituvchi-pedagoglar mehnatini, o‘quvchilar intilish va harakatlarini ayamasliklari lozim. Maktablarda xorijiy tillarning o‘qitilishini baholash maqsadida esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilayotganidan xabardormiz.
Tanlovning hududiy bosqichlari o‘tkazilib, Surxondaryo viloyatida xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab Termiz shahridagi 9-maktab deb aniqlanib, ushbu tanlovning respublika bosqichiga ishtirok etayotir.
Qur’a tashlash natijalariga ko‘ra, surxondaryolik jamoa 3-raqamda ishtirok etadigan bo‘ldi. Viloyatlardan ishtirok etayotgan jamoalarning xorijiy tillarni nechog‘lik bilishlarini aniqlash maqsadida berilgan shartlardan birma-bir o‘tish jarayonlari boshlab yuborildi. Umid qilamizki, Termiz shahridagi 9-maktab jamoasi Surxondaryo sharafini munosib himoya qilib, respublika bo‘yicha xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab deb topiladi.

Oldingi sahifaNatija maqtanarli
Keyingi sahifaMaroqli tomosha

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun