Yangi o‘quv yili uchun TTJlar tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi

Date:

Oliygoh talabasi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lganlarning hayajoni o‘rnini o‘qish boshlangach, turar joy masalasi o‘ylantirishi aniq. Xo‘sh, talaba-yoshlar qayerga qo‘nim topishadi? Talabalar turar joylariga joylashish tartibi qanday? O‘zi yotoqxonalarda yetarlicha shart-sharoitlar mavjudmi? Bir so‘z bilan aytganda, yangi o‘quv yilida TTJlari talabalarni qabul qilishga shaymi?
Oliygoh mas’ullari esa bu borada olib borilayotgan tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida oliygohdagi talabalar turar joylarini ko‘zdan kechirdi. O‘rganish davomida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, xonalarning tozaligi, texnika xavfsizligi qoidalari tekshirildi va bu borada zarur tavsiyalar berildi.
Termiz davlat universitetida 2695 sig‘imli 6 ta TTJlari mavjud. Shu kunga qadar universitet elekron platformasi orqali 1000 nafardan ortiq talaba TTJlar uchun ariza yuborgan. Shuningdek, 3000 dan ijara xonadonlari shakllantirilgan bo‘lib, 500 dan ortiq ariza ijara xonadonlari uchun kelib tushgan. Arizalar ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun