Marrani katta olib…

Date:

Shirinliklar tayyorlashni bilsangiz va qo‘li shirin pazanda bo‘lsangiz, qanday yo‘l tutardingiz? Albatta, bu savolga javobingiz, o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni boshlash haqida bo‘lishi aniq. Chunki, sho‘rchilik Shahnoza Hasanova ham turli xildagi shirinliklar tayyorlashni o‘rganib, uddalashiga ko‘zi yetgach, Bobur mahallasida faoliyatini boshlagan “Farangiz shirinliklari” korxonasida mehnat qilishni boshladi.
O‘z ishini sevgan inson uchun o‘sha ish bilan mashg‘ul bo‘lish unga zavq-shavq va ishtiyoq bag‘ishlaydi. Ishlab charchash bilmaydi. Qolaversa, yangidan-yangi g‘oyalar miyasida aylana boshlab, o‘z desertlarini o‘ylab topishi ham hech gap emas. Bu esa biznesning kengayishiga xizmat qiladi.
Sho‘rchi tumani hokimi Ulug‘bek Zokirov har kuni ishlari qizg‘in ketayotgan, bir nechta turdagi milliy shirinliklar ishlab chiqarilayotgan korxona faoliyati bilan tanishdi. Kuniga 700-800 kilogramm milliy shirinliklar ishlab chiqarilayotgan korxonada 4 nafar ishchi-xodim hamjihatlikda mehnat qilayotir.
Ishchi-pazandalar fikriga, kelajak orzulariga quloq tutsangiz, zavqingiz keladi. Chunki, ular ham marrani katta olishgan. Vaqti-soati yetsa, ular ham o‘z tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yib, mana shunday shirinlik sexini ochishmoqchi va ustoziga raqobatchi bo‘lib, ishini davom ettirmoqchi. Har qanday ish va biznes, albatta, sog‘lom va halol raqobatda rivoj topadi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bandlik va tadbirkorlikka keng yo‘l

Boysun tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb...

Muammoga loyihasi yechim

Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi...

Qalblarda ezgu tilak

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z umumxalq bayrami shukuhi hukm surmoqda. Bayram...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Qumqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayrli va...
KunTun
KunTun