Ustoz va murabbiylar eʼzozlandi

Date:

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Surxondaryoda ta’lim sohasi fidoyilariga yuksak ehtirom ko‘rsatildi. Bayram tadbirida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, vohaning barcha ustoz va murabbiylarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

Ustoz — yosh avlodga nafaqat bilim, balki hayot sabog‘i, Vatanga sadoqat va ezgu maqsadlarni singdiradigan ulug‘ kasb egasidir. Shu bois o‘qituvchilarning fidokorona mehnati, mas’uliyati va zahmatli faoliyati jamiyat taraqqiyoti hamda kelajak avlod kamolotida alohida ahamiyat kasb etadi.

Tantanali tadbirda ta’lim sohasida samarali mehnat qilib, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh fidoyi ustozlarga Surxondaryo viloyati hokimligining Faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirning badiiy qismida poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi namoyish etildi. Dilrabo kuy-qo‘shiqlar, samimiy tabriklar va ko‘tarinki kayfiyat bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Ustozlarga ko‘rsatilgan bunday ehtirom — ularning zahmatli mehnatiga berilgan yuksak baho, ta’lim va tarbiyaga bo‘lgan yuksak e’tiborning yorqin ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi Toshkentda Surxondaryoning 100 gektari bor

Prezidentimiz topshirig‘iga muvofiq, Yangi Toshkentda har bir viloyat uchun...

Muzrabotda qurilish loyihalari ko‘zdan kechirildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumaniga tashrifi davomida...

Sherobodda ichki ishlar xodimlari e’tirof etildi

25-oktyabr kuni Sherobod tumani hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi...

Uzunlik xotin-qizlar Jizzaxda gulchilik tajribasini o‘rganmoqda

Uzun tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Z. Mirzayeva...
KunTun
KunTun