25-oktyabr kuni Sherobod tumani hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi o‘rinbosari A. Pirmatov, Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Z. Jo‘raqulov, tuman prokurori J. Kenjayev, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Ilhom Yusupov, soha xodimlari va faxriylar ishtirok etdi.
Tadbirda yurt tinchligi, fuqarolar osoyishtaligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan xodimlarning mashaqqatli mehnati va fidoyiligi e’tirof etildi. Soha vakillari hamda ularning oila a’zolariga bayram tabriklari yo‘llandi.
Tadbir yakunida xizmat vazifalarini vijdonan bajarib, faoliyatida namuna ko‘rsatgan xodimlar va faxriylar faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

