Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumaniga tashrifi davomida tuman Mudofaa ishlari bo‘limida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari hamda chegara hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish-ta’mirlash loyihalari bilan tanishdi.
Tashrif davomida loyihalarni sifatli amalga oshirish, ishlarni belgilangan talablar asosida tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Ayni paytda tuman Mudofaa ishlari bo‘limi binosida ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

