Harbiy ta’lim fidoyilari e’tirof etildi

Date:

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Janubiy operativ qo‘mondonlik fakultetida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Unda Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i, polkovnik Mirsaid Shukurov ishtirok etib, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berayotgan, o‘z bilim va tajribasini ulashayotgan harbiy ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

Tadbirda harbiy ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan ustozlarning professional mahorati, fidoyiligi va boy tajribasi malakali harbiy kadrlarni tayyorlashda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. Tadbir yakunida o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan harbiy ustozlarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Bayram tadbiri ustoz va murabbiylarga yuksak hurmat va ehtirom ruhida o‘tdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun