Doʻstlik va hamjihatlik qadri ulugʻlandi

Date:

Millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik jamiyat barqarorligi hamda taraqqiyotining muhim omillaridan biridir. Shu ezgu qadriyatlarni targ‘ib etish maqsadida Uzun tumanida 30-iyul — Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida o‘tgan tadbirda 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari turli millatlarning urf-odat va an’analarini aks ettiruvchi milliy raqslar, sahna ko‘rinishlari hamda badiiy chiqishlar bilan do‘stlik, ahillik va birdamlik g‘oyalarini tarannum etdilar.

Shuningdek, tuman Madaniyat bo‘limi san’atkorlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishlab, ishtirokchilar qalbida do‘stlik va hamjihatlik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Millat Shavkati” — tarixiy xotira va milliy o‘zlik haqida

Kitob — millatning tarixiy xotirasi, ma’naviy tajribasi va bugungi...

Obod mahalla sari ezgu tashabbus

Mahalla obodligi, avvalo, shu hududda yashayotgan aholining daxldorligi va...

Muammoga manzilli yondashuv

Mahallalarda aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, bandlikni ta’minlash...

Yong‘in xavfsizligi — muhim talab

Qurilish jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish inson hayoti...
KunTun
KunTun