“Qogʻozsiz bir kun”

Date:

Oʻzbekistonda davlat idoralarida qogʻoz sarfini keskin kamaytirish va ish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirishga qaratilgan yangi choralar joriy etilmoqda. 18-martdagi hukumat qaroriga muvofiq, endilikda qogʻozdan foydalanish aniq me’yorlar asosida cheklanadi.

2026-yil 1-iyunga qadar barcha tashkilotlarda ishlatilgan qogʻozlarni yigʻish va qayta ishlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi. 1-maydan boshlab esa qogʻoz, siyoh va printer xarajatlari har yili kamida 15 foizga qisqartirib boriladi.

Shuningdek, printerlardan markazlashgan holda foydalanish tartibi joriy etilib, har 20 nafar xodimga 1 dona qurilma ajratiladi. Har oy “Qogʻozsiz bir kun” ekoaksiyasi oʻtkazilishi ham belgilandi.

Mazkur yangiliklar nafaqat byudjet tejamkorligini ta’minlaydi, balki ekologiyani asrash va zamonaviy raqamli boshqaruv tizimiga oʻtishni tezlashtiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun