Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Date:

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali va zarur mashg‘ulotdir. Ayniqsa, bolalarning kichik yoshdan kitobga mehr qo‘yib ulg‘ayishi kelajakda ma’rifatli, tafakkuri keng avlodni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, kitobxon avlod — barkamol jamiyat poydevoridir.

Surxondaryo viloyatida “Kitobxon kids” loyihasining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur bosqichda tanlovning quyi bosqichlarida saralab olingan 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli va faol kitobxon bolalar ishtirok etdi.

Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘qigan badiiy asarlari yuzasidan savol-javoblarga javob berish, asar mazmunini tahlil qilish, qahramonlar obrazini ochib berish hamda tezkor fikrlash kabi yo‘nalishlarda o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdi.

Yakunda eng faol, bilimdon va zukko ishtirokchilar aniqlanib, ular munosib ravishda diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Ushbu loyiha bolalarda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ularning dunyoqarashi va tafakkurini kengaytirish, shuningdek, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun