“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Date:

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va imkoniyatlarini kengaytirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Shu maqsadda tashkil etilayotgan ko‘rgazma va forumlar yoshlar uchun muhim yo‘l-yo‘riq vazifasini o‘tamoqda.

Termiz shahridagi Bobur istirohat bog‘ida o‘tkazilgan “TalabaExpo–2026” kasb ko‘rgazmasi ham aynan shunday tashabbuslardan biridir. Tadbir davomida oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar markazlari hamda turli tashkilotlar o‘z faoliyatini namoyish etib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi volontyorlar bilan birgalikda “Ko‘mak” loyihasi doirasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga yechim topish va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini olib bordi. Mahorat darslari, ochiq muloqotlar va interaktiv loyihalar esa tadbirga alohida mazmun bag‘ishladi.

Mazkur ko‘rgazma yoshlarning o‘z salohiyatini anglash, zamonaviy kasblar bilan yaqindan tanishish va kelajak sari ishonch bilan qadam tashlashida muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun